“ZiyoNET” Portalidan ro’yxatdan o’tish hamda sayt yaratish va yaratilgan saytlarni sozlash, unga materiallar joylashtirish bo’yicha qo’llanma

M U N D A R I J A

  1. ZiyoNET portalida ro’yxatdan o’tish.
  2. ZiyoNET portalida Sayt-satellit yaratish.
  3. Sayt-satellit tashqi ko’rinishni hamda kerakli vidgetlarni tanlash (www.qorakul1.zn.uz sayti misolida).
  4. Saytga kerakli havola va toifalar qo’shish.
  5. Saytga maqola, yangilik hamda rasm joylashtirish.

I. ZiyoNET portalida ro’yxatdan o’tish.

 1. Birinchi navbatda ZiyoNET portaliga kiriladi hamda “Ro’yxatdan o’tish” tugmasi bosiladi:

1

2. Foydalanuvchiga “Ro’yxatdan o’tish” oynasi ochiladi. Ro’yxatdan o’tish davomida “Yulduzcha(*)” bilan ko’rsatilgan har bir qatorni to’ldirib chiqib, “Ro’yxatdan o’tish” tugmasi bosiladi:

image002

3. Ro’yxatdan o’tgandan keyin ZiyoNET portaliga kirib o’z loginingizni yozasiz hamda “Kirish” tugmasini bosasiz. Sizda avtomat ravishda ID.UZ timizi ochiladi, maxfiy so’zni kiritib yana Kirish tugmasini bosasiz va siz ZiyoNET portalidan to’liq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz:

image003

II. ZiyoNET portalida Sayt-satellit yaratish.

 4. ZiyoNET portali ochilganidan keyin, portalningSayt-satellitlar bo’limiga kiriladi:

image004

5. “Sayt-satellitlar” bo’limida “Sayt-satellit yaratish” tugmasi bosiladi hamda sayt-satellilarni yaratish va ulardan foydalanish qoidalari oynasi ochiladi. Mavjud qoidalar bilan tanishib chiqganingizdan keyin shartlarga rozilik belgisi [V] qo’yiladi hamda “Yulduzcha(*)” bilan ko’rsatilgan har bir qator to’ldirib chiqilib, “Saytni yaratish” tugmasi bosiladi:

image006

6. Sayt-satellit yaratish bo’yicha so’rovnoma ZiyoNET portali moderatorlarlari tomonidan 3 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi va sayt tasdiqdan o’tsa foydalanuvchi pochta qutisiga xat yuboriladi. ZiyoNET portalida yaratilgan sayt tashqi ko’rinishi quyidagi ko’rinishda ochiladi:

image007

III. Sayt-satellit tashqi ko’rinishni hamda kerakli vidgetlarni tanlash ( qorakul1.zn.uz sayti misolida).

7. Birinchi navbatda saytga kiriladi. Masalan: qorakul1.zn.uz

image008

8. Saytga kirilganidan keyin “Meta” oynasidagi “Boshqaruvlar paneli (Войти, Log in)” tugmasi bosiladi:

image009

9. UZ tizimiga kirish uchun chiqqan oynaga “Login” yoziladi hamda “Kirish (Войти, Log in)” tugmasi bosiladi hamda siz avtomat ravishda ID.UZ tizimiga yo’naltirilasiz:

image010

10. Endigi navbatda ID.UZ tizimidagi “Maxfiy so’z (Parol)” yozilib, Kirish (Войти)” tugmasi bosiladi hamda keyingi oynadan “Ruxsat berish (Разрешить)” tugmasi bosiladi:

image011

11. Yuqoridagi harakatlardan keyin siz Sayt-satellitning ichki sozlamalar qismiga yo’naltirilasiz hamda sizda quyidagicha ko’rinish chiqadi:

image012

12. Birinchi navbatda Saytning tashqi ko’rinishi uchun “Mavzular (Темы)” bo’limidan bironta o’zimizga yoqqan ko’rinishni tanlab, “Aktivlashtirish” Natijada sayt-satellitning tashqi ko’rinishi biz tanlagan ko’rinishga o’zgaradi:

image013

13. Keyin esa “WIDGETS” tugmasi bosiladi va saytning chap va o’ng tomonida joylashadigan kerakli bo’limlar birma-bir “Available va Inactive widgets” (chap tomondagi) oynalaridan sichqoncha yordamida “Sidebar (Yon qism)” (o’ng tomondagi) oynasiga siqqoncha yordamida olib qo’yiladi:

image014

IV. Saytga kerakli havola va toifalar qo’shish.

 14. Saytning tashqi ko’rinishi tayyor bo’ldi. Endi kerakli saytlar havolasini joylashtirish uchun “Bog’lar” bo’limida “Add Mew” tugmasi bosiladi hamda sayt nomi, internet tarmog’idagi adresi va tavsifi yozilib, “Bog’ qo’shish” tugmasi bosiladi.

image015

15. ZiyoNET ta’lim portali havolasi qo’shildi hamda buni saytning ichki va tashqi ko’rinishida ko’rish mumkin:

image016

16. Saytga joylashtiriladigan materiallar uchun Toifa(Category) qo’shamiz. “Maqolalar” bo’limida Toifa(Categories) tugmasi bosiladi hamda bo’sh joylarga toifa nomi va tavsifi yozilib “Yangi Toifa yaratish(Add New Category)” tugmasi bosiladi. Yangi yaratilga toifani quyida ko’rishingiz mumkin:

image017

V. Saytga maqola, yangilik hamda rasm joylashtirish.

17. Yangi maqola joylashtirish uchun “Maqolalar” bo’limida “Add New” tugmasi bosiladi hamda “Yangi maqola qo’yish” oynasi ochiladi:

image018

18. “Yangi maqola qo’yish” oynasida birinchi navbatda maqola nomi yoziladi, keyin pastki qismga to’liq maqola yoziladi, toifalar bo’limidan maqolaga tegishli toifa tanlanadi hamda “Chop etish” tugmasi bosiladi:

image019

19.Saytga joylashtirilayotgan maqolaga tegishli rasm qo’yish uchun birinchi navbatda “Yangi maqola yozish” oynasidagi “Add an Image” tugmasi bosiladi hamda hosil bo’lgan “Add an Image” oynasidagi “Select Files” tugmasi bosiladi:

image020

20. Rasm tanlash oynasi orqali kompyuterdan tegishli rasm tanlanadi va “Сохранить” tugmasi bosilib saytga rasm yuklab olinadi:

image021

21. Yuklangan rasmning nomi, tavsifi yoziladi hamda o’lchamlari belgilanib, “Insert into Post” tugmasi bosiladi. Rasm yozilgan maqola qatoriga tushadi hamda “Chop qilish” tugmasi orqali saytga chiqariladi:

image022

22. Yangi qo’shilgan maqolani sayt-satellitning tashqi ko’rinishida ko’rish mumkin:

image023

 VI. Sayt-satellitlarda WWW.uz hisoblagichini o’rnatish

23. Avval, katalogda blogni yoqtirish uchun so’rovnomani to’ldirib yuborish kerak.

24. Moderator so’rovnomangizni ma’qullab, saytingiz katalogda paydo bo’lgach, katalogdan saytning id-raqamini topish zarur. Buning uchun qidiruv katalogidan saytingizni topish lozim.

www
Undan so’ng topilgan havolada sayt ta’rifiga kirishingiz va manzillar qatoridagi katalogdan saytning id-raqamini ko’rishingiz mumkin. Ushbu raqamni saqlab qo’yishni unutmang.

2

25. Endi administrator panelida “Tashqi ko’rinish” menyusi ochiladi, bu yerda “Vidjetlar” bandini tanlang. WWW.uz schetchik hisoblagichi vijdetini toping va sichqonchani The primary widget area doirasiga olib boring.

26. Vidjetlarda sozlagichlar ochiladi. Avval WWW.uz ga saqlab qo’yilgan saytning id raqamini kiritish kerak. Keyin sayt hisoblagichining joylashuv tugmalarini (yon tomondagi va pastki qismidagi) tanlash va xohishingizga ko’ra hisoblagich tugmasi rangini ham tanlishingiz mumkin.

q40

26 Vidjetlarda sozlagichlar ko’rinadi. Bu yerda eng avval, saqlab qo’yilgan id raqamni kiriting.

q41

O’zgarishlarni saqlang. Blog sahifasi yangalangach, hisoblagich tugmasi paydo bo’ladi.


Комментарии (1)

Izoh berish

© 2003-2015 UZINFOCOM Markazi.